Gulzorlaru bog'lar qolib, Hayollarga ergashamiz. Gap so'zlardan xoli bo'lib, Telefonda gaplashamiz.Kucha kuyda devonadek, Be etibor begonadek. Tunlar xuddi xamxonadek, Telefonda gaplashamiz. G'animlarim bilolmasin, Suhbatimiz bo'lolmasin. Ustimizdan kulolmasin, Telefonda gaplashamiz. Shunday sevish zamon zayli, Ortda qolmang siz ham mayli. Zamonaviy Majnun Layli, Telefonda gaplashamiz. Ko'rgim kelar sizni kunda, Xamma balo asli shunda. Qolganini hali tunda, Telefonda gaplashamiz.