Yolg'on bilan ko'nglim hushla so'ngi martta, Yo jonimni indamasdan olgin shartta, Qanday yashay yolg'izlikda jonim xasta, Yurakkinam ketsin tinglab titrab -titrab, Kelaman deb ketgin jonim aldab -aldab. Mayli kutay umrim bo'yi kelishingni, Unutmayman lekin aslo kulishingni, Endi qaytib ko'rmasam ham turishingni, Biroz shirin so'zlar bilan avrab -avrab, Kelaman deb ketgin jonim aldab -aldab. Taqdir shunday bo'lsa ayb bizda emas, Dilim lekin mayli ketsang,ketgin demas, Bir maromda tomog'imdan o'tmas nafas, Ko'zlaring -la ayriliqqa imlab -imlab, Kelaman deb ketgin jonim aldab -aldab. Ushlab qolmay,vaqting tig'iz bo'lsa kerak, Yig'lar edim,yig'laganda oshkor erkak, Ammo lim -