Bo'z yigitlar baxshi bo'ladi, Oshiqlarning naqshi bo'ladi. Hayotimda bildimki shuni, Oddiy qizlar yaxshi bo'ladi. Hayolari yo'lni to'sarkan Obro'lari obdon o'sarkan Gap otsangiz yuzi qizargan, Oddiy qizlar yaxshi bo'ladi. Xuzuriga ne bor, olib kel Salpo aylab barin solib kel. Ko'zlari mung, yuzlari sepkil, Oddiy qizlar yaxshi bo'larkan. Oriyatning bog'ida yurgan, Sovchilarga kulib choy keltirgan, Onasining gapiga kirgan, Oddiy qizlar yaxshi bo'larkan. Soy bo'yida hayol sursa ham, Yig'lasa ham kulib tursa ham, Uzun ko'ylak kiyib yursa ham, Oddiy qizlar yaxshi bo'larkan. Ichlarida saqlangan rashqin, Ko'z yoshlari daryodan toshqin. Ro'moliga yashirgan ishqin, Oddiy qizlar yaxshi bo'larkan. Bili