Netay yorim gul bilan gul topishmaydi,
Taqdir ekan: yo'l bilan yo'l topishmaydi,
Azal shundoq: o'ng so'l bilan topishmaydi,
Mendan ko'ngil uzgan yorim, omon bo'ling.
Ayvoningiz peshtoqiga qo'nib o'tdik
Biz sham edik, Siz deb yonib-so'nib o'tdik,
Neki jafo ayladingiz ko'nib o'tdik,
Mendan ko'ngil uzgan yorim, omon bo'ling.
Birga bo'lsak baxtimiz bir kularmidi,
Meni eslab yuragingiz to'larmidi,
Axir sizdan ko'ngil uzib bo'larmidi,
Mendan ko'ngil uzgan yorim, omon bo'ling.....♥