Hazon bo'lsa bahoring, Qurib qolsa anhoring, Tashlab ketsa do'st yoring, Suymadimi suykalma. Kimdir qadr qilmasa, Nazariga ilmasa, Hol, ahvoling so'ramasa, Suymadimi, suykalma. Mensimasa har joyda, Yalingandan ne foyda, Sen kambag'al u boyda, Suymadimi, suykalma. Baland bilib o'zini, Sendan burib yuzini, Minnat qilsa tuzini, Suymadimi, suykalma.