O'lsam janozamni bulbul o'qisin,
Kuyib o'tgan umrim sharhini aytsin,
Bardoshim haqida ash'or to'qisin,
Mendan norozilar fikridan qaytsin.
O'lsam janozamni bulbul o'qisin,
Aytolmay qolganim desin Allohga,
Salovatlar aytsin to'plab bor kuchin,
Bilmagan bilganim desin Allohga.
Olsam olov tanim muz bilan yuving,
Toki kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach yuragimga parcha muz qo'ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.
O'lsam kafanimni bulutdan qiling,
Yomg'irga aylansin yonsam qabrda,
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling,
Gunohkor bandaga tor go'r jabrda.
O'sam chinor eking qabrim boshiga,
Toki soyasida tilovat o'qing,
Cho'milib yashadim ko'zim yoshiga,
Yig'lamang siz faqat salovat o'qing.
Kichkina