O'larimda kelolasizmi, Xat jo'natsam yaproq kaftida.Eng so'ngi bor uyg'onasizmi, Yuragimning qaynoq taftida? Birga olib ketolasizmi, Atirguldek mayus jismimni, Eng so'ngi bor hazin pichirla, Aytasizmi mening ismimni? Qiyomatda suyaklarimni, Yig'ib kelsa agar Xudoyim, O'sha kuni labim pichirlar, Sizga bo'lar mening duoyim.Omon bo'ling qiyomatgacha, Yuragimni yoqmoqda vido.Unutsangiz agar ismimni Meni sizga eslatar Xudo.