Og'irmi chidarkan xayot toshiga,Tog'lar ham yig'laydi söng bardoshiga,Közlarda tabassum qonlar yutadi,Ne kunlar tusharkan erkak boshiga.Hech kimga bildirmay yig'lab olarkan,Rözg'orning kami deb oyoq tolarkan,Oila ustuni erkak bölarkan,Ne kunlar tusharkan erkak boshiga.Qadrdon degani qadrsiz bölsa,Yoningda qöllab chetroqda kulsa,Omading körolmay aytarkan "ölsa"Ne kunlar tusharkan erkak boshiga.Kimga ham aytadi endi dardini,Yaratgan biladi uning qalbini,Xayotchi sinab yana sabrini,Ne kunlar tusharkan erkak boshiga.Gohida yuragi xasratga tölar,Öksinib qöysa ham baribir könar,Nolimay aytadi Xudodan bölar,Ne kunlar tusharkan erkak boshiga.Dunyodan bazida bezib ketarkan,Lekin buni bildirmay Ona qo