Ket! Umrimga bevaqt kelgan ishq, Qulog'imda sog'inch bo'lib qolsin ovozing. Tomchi-tomchi yoshlarimdan izlay vaslingni, Jonim azoblarga giriftor qilgan o'zing. Men seni unutmoq istadim bugun, Sening ham qalbingdan o'chsaydim izsiz. Bo'ysundira olsaydim telba yurakni, Bunchalar yonmasa, sevmasa cheksiz. Kechir! Rashk kelib ustun qiynadim seni, O'zgalardan qizg'andim, ayladim bezor. Men doim mehringdan panoh ahtardim, Ammo endi angladim, bu ishq bir bozor. Ket! Iltimos ketaqol, qolayin tanho, Hayollarim hayolingdan olay qaytarib. Bir borgina o'zim uchun yashayin men ham, Sarson bo'lma dunyolardan meni ahtarib.