Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Dunyodan kechganman – sen ham mendan kech,Yuragim adog’in ko’zlama, jonim,Quyoshim vasliga yetolmadim hech –Qo’yib ber – yig’lasin bugun osmonim.Men senda yorimni ko’rib adashdim,Men senga jonimni qildim omonat.Men senga borimni berib adashdim –Qo’yib ber – kuylasin bugun nadomat.Endi ayriliqdan tonganim bekor,Alamli so’nggiga yetdi ertagim.Seni deb bir umr yonganim bekor – Qo’yib ber – muzlasin bugun yuragim.Men ojiz – yuraging o’zgaga tortar,Ichimda tosh bo’lib qotdi rashklarim.Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar – Qo’yib ber – tinmasin bugun yoshlarim.Diydorning kasriga g’urur qoldimi,Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik.Vaslingga yetishmoq armon bo’ldimi – Qoyib ber – yayrasin bugun sensizlik.