Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
O'g'ilning otaga mexri yo'q qarang, Akaning ukaga qadri yo'q qarang, Qornidan talashib tushgan jigarlar, Onasin yo'qlashga vaqti yo'q qarang. Sizlarga ne bo'ldi odamlar bugun. Orada oqibat yo'qoldi nechun? Boshinga qo'nganda davlat qush omad. Atrofingda to'lar soxta do'st ulfat. O'likmi tirikmi deb bir yo'qlamaslar. Yelkanga ozgina tushganda kulfat. Naxotki sotarlar do'stni pul uchun. Orada oqibat yo'qoldi nechun? Jon qo'shning yilda bir olmasa xabar. Yaqinlar chet elda yursa darba-dar. Jigaring ozgina yaxshilik qilib. Salomni minnatdan boshlasa agar. Naxotki mol dunyo odamdan ustun. Orada oqibat yo'qoldi nechun? Bu millat mexirdan qaddin rostlagan. Vataning yuziga oyoq bosmagan. Sayyoxlar a