Dunyo ko'zlarimga ko'rinsa ham tor, Dushmanim hiylalar qilsa ham takror, Hayotda yiqilib qolmadim zinhor, Otam bor, Onam bor, nima g'amim bor? Ishongan do'stlarim berganda ozor, Hayotda qiynaldim deganim bekor. Topolmasam ham bitta vafodor, Otam bor, Onam bor nima g'amim bor? Chin sevgiga intilib yetolmasam ham, Dunyoda qadrdon topolmasam ham. Shu so'zim etaman takror va takror, Otam bor,Onam bor, nima g'amim bor? Dunyo dardlari egsada boshim, Alamlar to'ldirsada ko'zimga yoshni. O'zimni hech qachon bilmadim nochor, Otam bor,Onam bor nima g'amim bor???