Sevging, go'yo men uchun bir dunyo edi,,
Armonlar bag'rida mangu qoldim men.
Sen meni eslama, yig'lama endi,
Ne bo'lsam men bo'lay, baxtli bo'lgin sen!
Havolarga uchdi bizning orzular.
Ko'ngilni ezmoqda cheksiz qayg'ular...
Yurakka ko'milsin o'tli tuyg'ular.
Ne bo'lsam men bo'lay, baxtli bo'lgin sen!
Jonim, hech bo'lmasin ko'zlaringda nam.
Yuraging ezmasin qayg'u, alam, g'am.
Yonsam ham, kuysam ham, telba bo'lsam ham...
Ne bo'lsam men bo'lay, baxtli bo'lgin sen!
Men emas yoningda yoring o'zgadir.
Bu bizning qismatdir, bu bizning taqdir...!
Netay, men ham seni sevardim axir,
Ne bo'lsam men bo'lay, baxtli bo'lgin sen!
Ayrlildikmi bizlar, oh! endi naxot...
Baxt bizga begona, visol bizga yot