Mana, bugun mening tug'ilgan kunim, Nega, nima uchun qutlaydi barcha. Axir nima qildim, neni do'ndirdim,Tug'ilganimdan to wukunimgacha? O'tgan kunlarimni qilgancha tahrir, Ko'milib boraman tubsiz so'roqqa. Nega tushunmaysiz, odamlar, axir.Arzirli nimam bor tabriklamoqqa. Hali uxloqligim, mudroqligimni, Ayting qanday yaxshi jihatlari bor? Yoki o'taketgan qo'rqoqligimni, Siz jimsiz. So'zimni qilmaysiz inkor.Eshik taqillatdi Baxt, Quvonch,Shodlik, Ochsam turar bari tutib quchoq gul. Kirib keldi yangi hamrohim - Yoshlik, Ammo nimagadir ko'nmasdi ko'ngil.Men yangi do'stlarga qilib iltifot, Bilmabman u meni o'ksib kutganin. Sezmabman, QADRDON BOLALIGIMNING, Qachon, qanday u