Hay-hay, uyat, jon o'lan, Kelin keldi, yo'lni och, Ne ko'z bilan ko'rayki, Kelin yarim yalang'och. Sharqning qizi bo'lganda, Bo'lib sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-sochiq, Bo'lmas edi libosi. - Kelin qaydan? - so'radim Bitta kelin-oyidan, Kesatdi: - Shu qishloqning "Parij" degan joyidan. - Yo, tavba! O'zimizning Qizimizmi bu hali? Otabeklar, Kumushlar Kiygan liboslar qani? Ko'ylagi uzuq-yuliq, Yelkalari yap-yalang, Voy-o'lay! Qo'ltiqlari Ko'rinyaptiku, qarang. Ayol kishi bo'lsam ham, Junjikib ketti etim, Ko'krak yarim ochilib, Bo'b turibdi bir yutum. Bu libosda qizlarni, Ko'rgandim kinolarda, Bo'lar edi g'arbdagi Ko'ngilochar joylarda. Yozilardi u joylar Eshigiga hammasin: "O'n oltiga to'lmag