Qanoat - bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi; u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, urug'i izzat va shavkat hosilini beradi; u bir daraxtdirki, unda qaram bo'lmaslik va hurmat mevasi bordir. Qanoat - kishi ko'ngliga ravshanlik yetkazadi, ko'z undan yorug'lik kasb etadi. Qanoatli darvishning qattiq noni tamagir shohning noz-ne'mat to'la dasturxonidan yaxshiroqdir. Qanoatga odatlangan faqirning yovg'on umochi - olg'ir boyning novvotu holvasidan totliroqdir. Shoh udirki - olmaydi-yu, beradi, gado udirki - sochmaydi-yu teradi. Har kim qanoatga odatlangan bo'lsa, shohlik-gado