(2004-yil. 9-sinf qizning hikoyasi) -Oyi, nima qilyapsiz? Kech böldiku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, özizni qiynamang, ertaga kun yorug'ida birgalashib tugatib qöyamiz. -Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan 'buxanka' non olib kelasan, xöp qizim. Singling och uxlab qoldida.... -Yöq, oyi nega, kechqurun hammamiz yahshi ovqatlandikku! - Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa shörva nima ham bölardi. Öqishingiz kerak, hali yahshi inson bölasizlar, katta odam bölsanglar dasturxonimiz yana tökin böladi, ha qizim? Singlingni och uxlab