Do'sting ketsa dushmaning tomon, Yuraging gumon. Kimlarnidir sog'insang yomon, Umidingni uzma dunyodan. Yaqinlaring bo'lmasa tirgak, Qayg'ulardan charchasa yurak. Bo'lmay qolsang hech kimga kerak, Umidingni uzma dunyodan. Yo'llariga bo'lsang intizor, Muhabbating aylasalar xor. CHertilmasa dilingdagi tor, Umidingni uzma dunyodan. Olib qochsa xayoling yillar, Anglamasa dardingni yillar. Ishon baxtli kunlaring kelar, Umiding uzma dunyodan