Bir o'zgacha otashda yonib, Ne- ne pari qizlardan tonib, Gox o'zimdan o'zim qizg'onib, Men bir qizni shunday sevaman. Qo'lim tegmas bilaklariga, Besh ketaman ko'ylaklariga, Jon berib soch turmaklariga, Menbir qizni shunday sevaman. Chidab firoq ishva noziga, Maxliyoman men ovoziga. Tashna bo'lib ko'ngil noziga, Men bir qizni shunday sevaman. Oy bo'lsa u osmoni o'zim, Gul bo'lsa u bog'boni o'zim. Bir kulsa u qurboni o'zim, Men bir qizni shunday sevaman. Taqdir menga tole boqmasa, Qarshimda oy boshin egmasa. UYLANMAYMAN menga tegmasa, Men bir qizni shunday sevaman. Qarshisida lolman zabonsiz, Dedim zo'rg'a dilda xamon SIZ. Dedi keting juda YOMONSIZ, Jonim sizni shunday sevaman.