Doimiy ustun xam bir kun qolarkan,
Bir tomchi yosh bilan ko'zlar to'larkan,
Odamzod bariga chidarkan ammo,
Orzusi ushalmasa alam qilarkan.
Boyvachcha baxtini pulga olarkan,
Faqirchi chorasiz baxtsiz bo'larkan,
Odamzod bariga chidarkan ammo,
Orzusi ushalmasa alam qilarkan.
Hayotda kutilmagan ishlar bularkan,
Xayolingda dushmanlar mamnun bo'larkan,
Xursandlikdan dunyoga sig'maganingda,
Sevganing tushunmasa alam qilarkan.
Yillar xam o'tarkan odam o'larkan,
Qachondir porlagan yulduz so'narkan,
Odamzod xudodan baxtin so'rarkan,
SEVGANI SEVMASA ALAM QILARKAN !!!