Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Xotiralarni qo’zg’ab yog’ib berdi laylak qor.
Yana esimga tushdi ul bevafo go’zal yor
Xop ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar
Masrur edim baxtimdan shirin tush ko’rib tunlar
Laylak qor yoqanida uni ilk bor ko’rgandim
Ko’rib uni qalbimda sehrli his tuygandim.
U turardi qarshimda shiringina jilmayib
Qor shu onda atayin yog’ar edi kuchayib
Men hech ko’z uzolmasdim betakror ko’zlaridan
Maftun bo’lib qolgandim samimiy so’zlaridan
U juda dilbar edi kulib turardi yuzi
Kulgichlarda yashirin bor edi shirin nozi
Ilk muhabbatim edi ul bevafo go’zal yor
Uchratgandim men uni yoqqanida laylak qor
Samimiy suhbatidan zavq olardim bir jahon
Uchratmagandim avval bundayin shirin z