Mayli,
ustimga
qulasin osmon,
Mayli, yog'ilsin menga
ming bo'hton.
Chidarman sevgi bo'lsa ham armon,
Siz yig'lasangiz
Chidolmasman onajon.
Chidarman do'stlarim
Sotib ketsa ham,
Tuhmat toshlarin Otib ketsa ham,
Jondan sevganim
Yot bo'p ketsa ham,
Siz yig'lasangiz
Chidolmasman onajon.
Chidarman taqdirning sinovlariga,
Boshimga tushirgan
qirovlariga.
Chidarman muhabbat
olovlariga,
Siz yig'lasangiz Chidolmasman onajon.
Yuzingizdagi ajinlar,
Ko'z yoshlarning izlarimi?
Peshonadagi tizimlar,
Istiroblar so'zlarimi?
Chidarmanki mayli do'slar, O'yib olsin ko'zlarimni,
Siz yig'lasangiz
Chidolmasman onajon.