- SEN BAHORNI SOG'INMADINGMI_
Uyg'onuvchi bog'larni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yonog'ingdan rang olgan dedim- Lolazorga burdum yuzimni, Uchratmadim ammo o'zingni. - Sen bahorni sog'inmadingmi? Uzoqlarda zalvorli tog'lar, Xayolimni keldilar bosib. Kechdi qancha intizor chog'lar, Vasling menga bo'lmadi nasib, Sensiz men ham, bahor ham g'arib, - Sen bahorni sog'inmadingmi? O'ng'irlarda sakraydi ohu, Na'matakda sa' va mittijon. Qorliklardan sipqarilgan suv, Daralarda uradi javlon. Nigohimdan faqat sen pinhon. -Sen bahorni sog'inmadingmi? Mana bugun navro'zi olam, Do'stlarimga gullar tutaman. Qaylardasan, sevgili erkam... Qo'limda gul, seni kutarman, Umrim bo'yi chorlab o'tarman, -Sen b