ARMONLI GULIM Armonga aylanib ulgurgan gulim, Qaytding-u yurakda yondirding gulxan. Yana sochlaringni siladi qo‘lim, Men seni sevaman, seni sevaman. Bahorim kechikdi, kuzga uzrim bor, Egasin izlagan so‘zga uzrim bor, Umr yo‘ldosh bo‘lgan qizga uzrim bor, Men seni sevaman, seni sevaman. Sen bilan bu telba ko‘nglim edi xush, Sen-la o‘tgan damlar shiringina tush, Dil shoxiga qo‘nmay uchib ketgan qush, Men seni sevaman, seni sevaman. Ovozlaring buncha mayindir, erkam, Sen bo‘lsang bilinmas yurakdagi g‘am, Senga yetmaganim qilsa ham alam, Men seni sevaman, seni sevaman, Ko‘zlarim yo‘lingga boqar intizor, Ilhaqman, o‘tsa ham qancha kuz, bahor, Kunu tun vaslingni k