Ey do'stim,
Davlating imkoning bo'lsa
Tulporing choparga maydoning bo'lsa,
Manzilin kuzlagan karvoning bo'lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin!
Eng avval onangga yaxshilik qilgin!
Zeb-zinat ustunmas ota-onangdan,
Mol dunyo ustunmas ota onangdan,
Xashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangni qadrini bilgin!
Eng avval onangga yaxshilik qilgin!
Bugun qadaq tutib turgan dilbandlar,
Yeqilsang bir zumda tashlab ketarlar,
Odam bo'lib ortga solgin bir nazar,
Eng avval otangni qadrini bilgin!
Eng avval onangga yaxshiliq qilgin!