Qadr degan bozorlarda meni arzon sotding, ey do’st,
Suyagimni davralarning itlariga otding, ey do’st.
Alloh solgan nazar edi, malaklardan xabar edi
Gul ko’nglimning sirlaridan to’qib yotding, ey do’st.
Men nur dedim nigohingni, savob bilsam gunohingni
Yuzimga qoralar chaplab, yana kulib qotding, ey do’st.
Umidimni xarob aylab, ko’zimni makrda boylab,
Jonimga gulxanlar joylab, dil qonimga botding, ey do’st.
Halimani badnom etib, pinhon ajalini kutib,
Hasaddan zardoblar yutib, do’zaxni uyg’otding, ey do’st