Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Xotin demang sovuq bu kalom, Xech bo'lmasa ayolim denglar. Yolg'ondakam bir yilda bir bor, Senda fikru xayolim denglar. Xotin deya alqamang zinxor, Ja bo'lmasa ayting ismini. Yigirma besh yilda bo'lsa xam, Bir bor maqtab qo'ying xusnini. Gulim denglar farishtam denglar, Ayting, sizdan nima ketadi. Axir bitta shirin so'zingiz, Ming yil yashashiga yetadi.