Hayot achchiq bo'lsa aybdor siz emas, Mayli omad kelmasa, kelmas. Gar boshingiz egmang sira ham, Qo'ying o'sha sizni sevmasa, sevmas! O't qo'ying kuydirib yozgan xatiga, Sizdayin oshiqni bilmasa, bilmas. Unga baxtli bo'lib, ko'rsatib qo'ying, O'ylamang u sizni sevmasa sevmas! Siz baxtsiz emassiz uni yod etib, U ham bir insonda, ko'kdagi oymas. Unga sevib sevilmoqni o'rgatib qo'ying, Mayliga, u sizni sevmasa sevmas!!!