Qiz bolaning rost gapi ozdir, yolg'onlari bisyor adashma. ,, tegmang menga" degani nozdir, ,,nari turing" desa karashma. Ishva qilib "qurib keting"der, köngilga hech qattiq olmagin. "öling" desa , yashnab yuraver, "qoching" desa qochib qolmagin. Hech gul bormi axir tikansiz, tikaniga fido qilgin jon. Bir kun aytar : - yomon ekansiz. Ma'nosi : - siz eng yaxshi inson.