O`zidan ham seni ko`p o`ylab, Bolam Baxtli bo`l deb kim qilar orzu, Tunu-kun xudoga duolar so`ylab, Senga umr tilagan zot Onangdir u! Uydan olis ketsang tashvishing bilan, Tunlari uyg`onib bilmagan uyqu, Sog`-omon yurgin deb qayda bo`lsang ham, Yo`lingga qaragan zot Onangdir u! Ko`chaga chiqdingmi ostona xatlab, Vujuding qoplasa shunday bir tuyg`u, Uyingda ortingdan kim qoldi qarab, Sendan mehr so`ragan zot Onangdir u! Bolang ham hayotni sendan o`rganar, Oqibatdan sоlgin qalbingga mangu, Zum o`tmay sening ham navbating kelar, Og`iringda yaragan zot Onangdir u! Jannat eshigidan kirmoqlik bo`lsang, Ey inson hozirdan vazifangdir shu… Volidang borligin baxtingdir bilsang, Iqbolingga porlagan zot