Ibrohim Adham rahimahullohga Alloh taoloning:" Menga duo qilinglar, ijobat qilaman " (G'ofir: 60) oyati haqida savol berilib: "Biz Alloh taologa duo qilmoqdamiz, biroq, U duolarimizni qabul qilmayapti-ku?!"- deyiladi. Ibrohim Adham rahimahulloh bu savolga quyidagicha javob berdi: "Chunki sizlarning qalblaringiz 10 ta narsa sababli o'lgan: 1) Allohni tanidingiz, biroq, Uning haqqini ado etmadingiz; 2) Allohning Kitobini o'qidingiz, biroq, unga amal qilmadingiz; 3) Shaytonni dushman deb da'vo qildingiz,biroq, uni yahshi ko'rdingiz. 4) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni sevishni da'vo qildingiz, biroq, uning asari va sunnatlarini tark qildingiz; 5) Jannatni sevishni da'vo qildingiz,biroq,