Siz qarg'aysiz taqdiringizni,Ham aytasiz unga tashakkur:-Biz yo'q qildik bir-birimizni...Biz yo'q qildik... Xudogashukur!...Siz yurakni qilmaysiz tejam,Olgin!-borni tortiq qilasiz.So'ngra xafa bo'lasiz mendan-"Qaytmayman", deb yig'labketasiz.Izlab yana kelasiz bir kech,Jilmayasiz:- Baxtlimanmi, boq!...Kulgingizga yarashmagay hech,Xitobingiz o'rtagan titroq.Hijrondan so'ng savollar teran,Hijrondan so'ng javob-daf'atan...Men hammadan pinhonsaqlaganShe'rlarimni sizga aytaman.Ayblamaymiz bir-birimizni,Dilda so'zlar tug'iladi-hur.... Qarg'amaysiz taqdiringizniVa aytmaysiz unga tashakkur.