Bir kun xudo olsa omonat jonim, To'xtasa tomirdan oqar bu qonim. Ruhim chiqib ketsa qolsa bu tanim, Sog'inib yig'laysizmi mening sevgilim. Bir umr yumilsa abadiy ko'zim, Kafanga o'ralsa gar meni yuzim. Boshqa xech chiqmasa bo'g'zimdan so'zim, Achinib yig'laysizmi mening sevgilim. Marjon bo'lolmasam garchi bo'ynizga, Mexmon bo'lolmasam afsus uyizga,Bir eslab yig'laysizmi mening sevgilim. Xafa qilgan bo'lsam paymonam to'lib, Koyib bergan bo'lsam devona bo'lib. Kunim bitgan bo'lsa ketsamda o'lib, Kechirib yig'laysizmi mening sevgilim. Qale zör wera törimi