Dada, yana bir kishiga oshdi tulkilar safi, Tulkilarga naf berdum - u, sizga tegmadi nafim. Bu dunyoda rost aytgannig bolmas ekan tarafi, Zar -u zòrmi sizsiz , òzga taynch bormi, dadajon! SIz erdasiz, osmonlarni erga alishaman men , Yuz amalni bitta sherga alishaman men. Xalol rizqdan egnim yupun bolsa orim dadajon ! Mehru - dilim ulashdim - u ,toshlar ketdi qalashib, Kulib turarlar , yurakni och boriday talashib . Mayli, olaqolsinlar - ey , shu dunyoni bolishib, Kongil mulki nedir asli , bir bozormi dadajon! Otasi bor ostonanig gardi ham qalqon ekan , SHul ostona omon bolsa dunyo ham omon ekan . Poyigizga boshim uray,qibla SIZ tomon ekan, Menga asli mehrigizdek suynch bormi DADAJONIM !