Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Sen kuz hazonlariga o'xshab qolding. Taqdirning manzilsiz shamollari seni bahorimdan olis-olislarga uchirib ketmoqda. Muhabbatning o'tli sahrolari oldida tog'dek qaddim ham cho'kib boriyapti. Quyoshdan-da qaynoq mehrim taftini qahraton qishning qora bulutlari to'sib qo'ydi. Rashk, hijron orqali sevgimga tushirgan dog'larning yomg'ir-u bo'ronlar ham yuvib ketolmaydi. Bugun manmanlik osmonida to'lin oydek kezib yuribsan. Lekin yerdagi g'arib oshig'ingga nazar tashlashni istamaysan. Senga ertaklardagiday kelishgan, yoqimtoy va badavlat shahzodalar yoqadi. Ishontirib aytaman, sen istagan o'sha shahzodalar shamday yonib, shamday o'chadi. Abadiy sevgi esa hech qachon o'chmaydi. U ishq osmonida yu