Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Bahor keldi boqqa gulni yetaklab, Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab. Qalb daftarin ochdim mayus varaqlab, Seni izlab ...... Seni izlab. Noming nola qilar bag'rimni ezib, Kelmaysanmi sog'inganimni sezib. Ketgim kelar butun yer yuzin kezib, Seni izlab ...... Seni izlab. Ko'zlarimdan yosh qalqiydi dengizdek, Har bir ohim ko'kni qoplar yulduzdek. Va turibman bu dunyoda yolg'izdek, Seni izlab ...... Seni izlab.
Meni deb g'amlar yutgan O'z tinchini unutgan Mexriga qo'shib tutgan ONAM BORIGA SHUKUR OTAM BORIGA SHUKUR Asrab ko'z qarog'ida O'stirdi ardog'ida Xayotimning bog'ida ONAM BORIGA SHUKUR OTAM BORIGA SHUKUR Yuragim g'am bilmadi Ko'zlarim nam qilmadi Birovdan kam qilmadi ONAM BORIGA SHUKUR OTAM BORIGA SHUKUR Onam eng chiroyligim Otam erka toyligim Ular mening boyligim ONAM BORIGA SHUKUR OTAM BORIGA SHUKUR Bo'lmasamda zo'r farzand Ular duo bilan band Shundan ovozim baland ONAM BORIGA SHUKUR OTAM BORIGA SHUKUR Bu kun tik bo'yi bastim Ulardir mening aslim Yo'qsa hechkim bo'lmasdim ONAM BORIGA SHUKUR OTAM BORIGA SHUKUR.
Bu pishmas savdomi deb yuboraman Chorasiz qolganda ishq bozorida Umidvor lek qalbi tilkaporaman Bir hikmat bor deya yor ozorida Mayli telba denglar mayli devona Naxot sevgi gunox bizlar gunoxkor Gulni bulbuliga aylab begona Kimning ko'ngli to'lar kimga qanday kor Ichimda qoldirib xasrat dog'larin Jim nurab boryabman dilga bildirmay ko'ksimni kuydirgan hijron cho'g'lari Dilimga aytaymi gulimga aytay Yo kutib yuraymi yo kechib ketay Aro yo'lda qoldim bir jonim bilan Oldimda ikki yo'l qaybirin tutay Yo ortga qaytaymi armonim bilan Men seni qora sochinga emas Qorday oq ko'nglinga bog'lanib qoldim Netay senla hech xayirlashgim kelmas Alvido demoqqa yo'qdir qarorim.