Dadang desa izlaydi ko'zi,
Topolmasdan qizarar yuzi.
Dadasiga o'hwaydi o'zi,
Dadasini sogingan qizim.
Wiringinam asalim meni,
Kozlaringa ko'ztumor o'zim.
Sogintirib qo'ydimmi seni,
Dadasini sogingan qizim.
Jajji dilni soginch qiynagan,
Suratimga boqib to'ymagan.
Tuwlarimga kirib yiglagan,
Dadasini sogingan qizim.
Bolalarcha orzulari ko'p.
Jajji barmoqchasin qilib cho'p.
O'nta yotsam kelarmikin deb,
Dadasini sogingan qizim.
Dilginangda soginch wohlasa,
Bardowinga tiladim to'zim.
Diydor nasib hudo hohlasa,
Dadasini sogingan qizim.