Mehr bo'lsin ko'ngil to'rida,
Asrang sizga mehribonlarni,
Do'stlar hali imkon borida,
Qadrlaylik qadrdonlarni.
Bir kun ko'zlar tushadi ko'zga,
Yo'qlang sizni sog'inganlarni,
Zor qilmayin bir shirin so'zga,
Qadrlaylik qadrdonlarni.
Turmush yumush tashvishlar deya,
O'tkazmaylik faqat kunlarni,
Boshimizga tushmasku qoya,
Qadrlaylik qadrdonlarni.