Onamga sher yozsam yozolmayapman, Ko'z yoshim yozuvni yuvib ketyapti. Musofir do'stlar men bilolmayapman, Bugun kim onasin sog'inmayapti. Pulning ishqida dunyo kezyapmiz, Bir mushtipar bizni uyda kutyapti. Bazan yig'lab bazan kulyapmiz, Aytingchi kim onasin sog'inmayapti. Xar kun ishdan qaytganiz mahal, Yo uyg'onsayez erta tong saxar. Kim sizni onayizdek kutib olyapti, Kim bugun onasin sog'inmayapti. Ko'z oldimdan ketmas ajin yuzlari, Mehrdan yonadi onam ko'zlari. Bizni kutib o'tadi bedor tunlari, Shunday onani kim sog'inmayapti. Men bugun onamni juda sog'indim, Sog'inchdan ko'zyoshim daryo bo'lyapti. O'zimcha yig'lab biroz yozildim, Ayting kim onasin sog'inmayapti. Onam yopgan nonni sog'ind