Qo’llari qadog’im, dilda ardog’im, Kunduzi quyoshim, tunda mayog’im, Meni erkalaysiz, deya qarog’im, Erta kech boshimda sizsiz parvonam, Menga oq sut bergan mehribon onam. Oq yuvib, oq tarab o’stirdiz meni, Men sizga beroldim aytingchi ne ni, Deysiz, omon ko’rsam bo’lgani seni, Gohida yaqin do’st,gohi g’amhonam, Menga oq sut bergan mehribon onam. Hayotning sinovin barchasin yengdiz, Suv kelsa simirdiz, tog’ni yemirdiz, O’zizdan farzandni ustun deb bildiz, Ovutdingiz meni to’lganda nolam, Menga oq sut bergan mexribon onam. Sizga ming bor raxmat mexri daryoyim, Men yulduz bo’lsam, siz to’lin, yuz oyim, Toki siz bor meni sovumas choyim, Fido qilsam ham kam sizga bu jonam,