Turoldilar uyqudan qolib, Qiyomatni jazo bilganlar. Yig'lasinlar dod faryod solib, Bomdodlarin qazo qilganlar. Go'yo kesib tomirlarini, Unutib XAQ amrlarini, Yeb qöydilar umrlarini, Bomdodlarin qazo qilganlar. Yöl adashgan öqir-söqirlar, Endi qanday sabab töqirlar, Peshinlarin yig'lab öqirlar, Bomdodlarin qazo qilganlar. Gar xis qilsak körmog'in MAVLO, Yotolmasdik qiliblar yallo, Tatimagay uyqusi aslo, Bomdodlarin qazo qilganlar. Oz rohatlik uyqu qurboni, Endi holiy bölmas QUR'ONi Ahvoli ne uyg'onganoni, Bomdodlarin qazo qilganlar. Ketkazolmas köngilda dog'in, Unutolmas namoz firog'in, Xaqir körar yorin quchog'in, Bomdodlarin qazo qilganlar. Bu nafratga men ham arziyman, Qachon nafsim g'amin