Alqissakim, juda qadim jaholatlik zamonda, bir donishmand ulug' hakim o'tgan ekan jahonda. U kun bo'yi giyoh terib kezib tog'u biyobon, odamlarga shifo berib yashar ekan shodumon. Unga ming bir mushkul dardning ayon bo'lib davosi, bora bora odamlarning ortaverdi ixlosi. Tabobatga qalban, ruhan fido qilib o'zini, hatto bir kun nashtar bilan ochmish ko'rning ko'zini. Rivoj topmish sohib hikmat, donish, mehnat madadkor, ammo qayda bo'lsa shuxrat. Yonboshida xasad bor. Duoxonlar, parixonlar, o'quvchilar chilyosin. Xullas, yurtda bor nodonlar boshladilar ig'vosin. Tinmay kechayu kunduzi topib nabi so'zidan. Dedilar: dard bergan o'zi davosi ham o'zidan! Bandasiga bermak dori yaratganga isyondur.