“Men ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki, Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O‘z bilganimcha harakat qilishga haqqim yo‘q.
To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho‘p zarrasi qadar ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo‘ladigan bir shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib qo‘ymayin yoxud soch-soqolingizni