Yurakim bir bandi uzilgan kecha, Asrlar singari cho'zilgan kecha, Chimildiq ichida sening o'rningda o'zga kelinchak suzilgan kecha Yig'ladim ,yig'ladim, yig'ladim. Taqdirmi boshimda o'ynagan qamchi, Sochingmi armonim uchgan arg'amchi, Chorlagandek bo'lar kimdir olisdan, Naxotki senmisan o'shal aldamchi, Bilmadim, bilmadim, bilmadim, Boshimni bog'lashdi bog'landim jonim, Qalbimni dog'lashdi dog'landim jonim, Sening xuzuringa bormoqchi bo'lib, Necha bor chog'landim chog'landim jonim, Bormadim, bormadim, bormadim