Mingta malak hammasi gözal, Mingtasiga, Mingta parvona. Mingta gözal ichra bir gözal, U man uchun bitta, yagona. Tarif ojiz, ojizdir sözlar, Qamashadi körganda közlar. Bir biridan gözalku qizlar, U man uchun bitta, yagona. Kökdagi oy timsol bölolmas, Yerda tovus könglim ololmas. Kim u demang u hech savolmas, U Dunyoda bitta yagona. Taram sochi tortilgan kamon, Mani maftun aylagan yomon. Talpinarman hardam ul tamon, U man uchun bitta yagona. Durdonami? yöq u yagona, Birdonami? Yöq u yagona, Yagonami? Ha u yagona. U man uchun bitta, yagona. Qolganlarga bölsin afsona.