Bir qo`lda beshik,bir qo`lda bolasi, Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi. Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi, Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi. Fayzidan xonadon orasta bo`lar, O`smalar qoshiga payvasta bo`lar. Gullar qo`llarida guldasta bo`lar, Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi. Vafodor yoriga sadoqati bisyordir, Kimlar unga yor, kimlardir ag`yordir. U shunday oqila, shundayin yordir, Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.