Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim,
Ko'nglumdun o'zga maxrami asror topmadim.
Jonimdek o'zga jonni dilafgor ko'rmadim,
Ko'nglum kibi ko'ngulni girifdor topmadim.
Usruk ko'ziga toki ko'ngul bo'ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana xushyor topmadim.
Nochor furqati bilan ho'y etmisham, netay.
Chun vasliga o'zimni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko'ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.
Bobur, o'zingni o'rgatakor, yorsizki, men
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim
Bir yor uchun baxt surama, vaqti kelsa tashlab ketar. Ketdi deb aslo siqilma, unaqalar ming bor kelar. Ota onang toki hayot, faqat ular seni sevar. Ular uchun umur sura, chunki ular bir bor kelar.
Hijronlar qalbimni buncha ezadi,
Armonlar orzuning qasrin buzadi.
Yuragim bir senga zorlik sezadi,
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Armondir dardimni aytolmaganim,
G‘ururni yiroqqa haydolmaganim,
Armondan og‘irdir qaytolmaganim —
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa ham,
Imtihon dunyoning kori bo‘lsa ham,
Iqrordan dilimning ori bo‘lsa ham —
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Dardimni aytmadim, tishladim tilni,
Hijrondan ming karra g‘ashladim dilni,
Topmadim sen tomon boshlagan yo‘lni —
Men seni judayam, juda sog‘indim.
Yillarki izlayman bosgan izingni,
Ko‘zimda ko‘raman qora ko‘zingni,
Qaniydi, bir bora ko‘rsam o‘zingni,
Men seni judayam, ju