Qorami, sariqmi
Ayol yaxshidur
Semizmi, oriqmi
Ayol yaxshidur
Bichuvchimi, tikuvchimi
O'qituvchimi, o'quvchimi
Sotuvchimi, uchuvchimi
Ayol yaxshidur.
Qora ko'zmi. Ko'k ko'zmi
Ola ko'zmi . Qo'y kuzmi
Bo'ta ko'zmi. Shaxlo ko'zmi
Baribir Ayol yaxshidur.
Extimol aytarsiz
Ey , birodar
Oshirvording sal
Bu ayol zotiga
Maqtovni ko'pimas
Ozrogi afzal...
Lekin...
Saxroga o'xshaydi
Ayolsiz dunyo
Quriydi qaqshaydi
Ayolsiz dunyo
Erkaklar ko'tarolmay
Sukunat yukin
Aqldan ozib
Qolishlari mumkin
Qalbimizda ungan
Baxoriy ko'klam
Bizga dono ayollarning
Yorligidandir
Extimol xayotning
Go'zalligi xam
Dunyoda ayollar
Borligidandir
O'zim bilib-bilmay ko'p gunoh qildim,
Mo'lroq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan.
O'lsam bo'lmasmidi ko'kka tikilib,
Maysalar ustida, gulning tagida...
Yashashdan charchadim, zerikib ketdim,
Mening tor ko'nglimga sig'mas bayramlar.
Dilimga ilonning tillari yetdi –
Po'st tashlab, turlanib yurgan nayranglar.
Endi kun ko'rishim qiyindan-qiyin,
Endi havolar ham og'irdan-og'ir.
Achchiq-achchiq yig'lab, yo'l yurgan sayin
Uzun-uzun bo'lib sudralar xotir.
O'zim bilib turib, ko'p gunoh qilib
Ko'proq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan.
O'lsam bo'lmasmidi ko'zlarim tinib,
Suv ichgan chog'imda qizning kaftidan.
Endi meni qiynar qiyoqning guli –
Nozik kapalakning hidsiz qanoti.
Endi meni qiynar vaqtida o'lib,