Onangiz osmonda, Oyning
qizisiz, Otangiz bermaydi ,
Boyning qizisiz. Menga to'g'ri
kelmas joyning qizisiz,
Kechiring meni , meni
kechiring. Sizda gunox yo'g'u - menda gunox yo'q, Taqdirning
izmida , bizga panox yo'q.
Mendek sizga yaqin, mendek
yiroq yo'q, Kechiring dilbarim ,
meni kechiring. Tunlari
uyg'onib cho'chib ketaman, Qaldirg'och bo'ynidan quchib
ketaman. Sizdan yiroqlarga
ko'chib ketaman, Kechiring ey
yor meni kechiring. Bu aro
yo'llarda sarson bo'laman,
Kuzakda to'kilib xazon bo'laman. Sevgisiz shunchalik
arzon bo'laman, Kechiring
lobarim , meni kechiring.
Tengingni top degan onam
xaq ekan, Ota-ona bazan o'jar
xalq ekan. Sevgi kimga shirin- u kimga achchiq ekan.