Xamir qorsa qaltiraydi barmoqlari, Tökiladi yopishtirgan tirnoqlari. Özlaricha osmon öpar dimoglari.Özbeklikdan nishoni yöq oliftalar! Yigitlarning orzusida yashaysiz, bir-ikki kun nari borsa uch kundaysiz. Farishtamas aslidasiz shaytondaysiz. Özbeklikdan nishoniyöq oliftalar! Pul körsatsa yoningizga keldim deysiz, bir-ikki kun quchogimda sevdim deysiz. Oxiratli gamingizni qachon yeysiz, Gunoxlarga botib ketgan oliftalar! Soni ochiq, beli ochiq yuraverib, Sochin örgan qizni körsa kulaverib, Öz köksidan otib ketgan oliftalar! Oddiygina dillari pok qizlarimiz, Sizlar bilan baxor bölar kuzlarimiz. Maqtay desam kamlik qilar sözlarimiz.Oddiylardan ibrat olsin Oliftalar!